Sign In
Main Image

October 24, 2025

Empower loyihasi Namangan pedagogika instituti talabalarini ham biznesga yo‘naltirmoqda!

Empower loyihasi Namangan pedagogika instituti talabalarini ham biznesga yo‘naltirmoqda!

Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida amalga oshirilayotgan “Empower” loyihasi endi Namangan davlat pedagogika instituti 4-kurs qizlariga taqdimot shaklida tanishtirildi.

Taqdimotni olib borgan mas’ul ustozlar N.Jakbarova va F.Mahmudova talabalarni grant dasturining mohiyati, imkoniyatlari hamda ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyati bilan yaqindan tanishtirdilar. Qizlar loyihaning maqsadi va amaliy imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot olib, kelajakdagi tadbirkorlik faoliyatlarida ushbu bilimlardan samarali foydalanish yo‘llarini ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.

Empower loyihasi qizlarni bilim, ko‘nikma va ishonch bilan qurollantirib, ularni kelajakdagi muvaffaqiyatli tadbirkorlarga aylantirishga yordam beradi.

Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati

img