Sign In
Main Image

December 11, 2025

ERASMUS+ MILLIY AXBOROT KUNI 2025

11-dekabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida Erasmus+ National Information Day 2025 tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Empower loyihasi keng jamoatchilikka tanishtirilib, ishtirokchilarga loyiha bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

 Tadbir davomida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi vakili Christos Marazopoulos Empower loyihasiga alohida e’tibor qaratib, loyiha jamoasiga o‘zining ijobiy fikrlari va qo‘llab-quvvatlovchi tilaklarini bildirdi.

 Loyiha koordinatori Janar Abuova Empower loyihasini amalga oshirish jarayonida duch kelingan muammolar, ularning samarali yechimlari hamda amaliy tajribalar bilan yangi ishtirokchilar bilan o‘rtoqlashdi.

 Erasmus+ National Information Day 2025 Erasmus+ dasturining eng yirik yillik tadbirlaridan biri bo‘lib, u O‘zbekiston OTMlari, xalqaro tashkilotlar, Yevropa Ittifoqi davlatlari elchixonalari va ta’lim sohasi ekspertlarini bir maydonga jamladi. Tadbir davomida Call 2026 bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar taqdim etildi.

 Erasmus+ imkoniyatlari, yangi hamkorliklar va ilhomlantiruvchi loyihalar — barchasi bir tadbirda!

img
img