April 13, 2026
Mikrokredit (micro-credential) kurslarimiz rasmiy tasdiqdan o‘tdi!
Mikrokredit (micro-credential) kurslarimiz rasmiy tasdiqdan o‘tdi!
Erasmus+ CBHE EMPOWER loyihasi doirasida ishlab chiqilgan EMPOWER Women Programme kurslari O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan rasman litsenziya bilan tasdiqlandi.
Mazkur tasdiq (1–2-bet) asosida berilgan bo‘lib, unda ta’lim yo‘nalishi sifatida “Empower Women Programme” ko‘rsatilgan.
Bu natija:
xalqaro loyihalar asosida yaratilgan kurslarning e’tirofi
ayollar ta’limi va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashdagi muhim qadam
mikrokredit tizimining rivojlanishiga qo‘shilgan hissa
EMPOWER – ayollarni qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlar yaratishda davom etadi!