Sign In
Main Image

September 10, 2026

Ta’limdan tadbirkorlik sari: EMPOWER loyihasining yana bir muvaffaqiyat hikoyasi!

Ta’limdan tadbirkorlik sari: EMPOWER loyihasining yana bir muvaffaqiyat hikoyasi! Loyihamizning EMPOWERed ishtirokchilari erishayotgan yana bir quvonchli natijani siz bilan bo‘lishishdan mamnunmiz!

Ta’limdan tadbirkorlik sari: EMPOWER loyihasining yana bir muvaffaqiyat hikoyasi! 

Loyihamizning EMPOWERed ishtirokchilari erishayotgan yana bir quvonchli natijani siz bilan bo‘lishishdan mamnunmiz!

 Zilola Bekmurodova Erasmus+ CBHE EMPOWER loyihasining 2-pilot guruhi ishtirokchisi sifatida o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashib, tadbirkorlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirdi. O‘quv jarayonidan ilhomlanib, u navbatdagi muhim qadamni tashlashga — o‘z biznesini boshlashga qaror qildi!

Bugungi kunda Zilola Buxoro viloyatidagi “Aura Beauty” Koreya kosmetikasi do‘konining egasi. 

Uning EMPOWER treninglari ishtirokchisidan tadbirkorgacha bo‘lgan yo‘li loyihamizning asosiy maqsadlarini amalda namoyon etadi: tashabbuskorlik, o‘ziga ishonch, amaliy ko‘nikmalar va ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish.

 O‘rganing. Ishoning.  Harakat qiling.  Kelajagingizni yarating.

Har bir yangi biznes, har bir jasoratli g‘oya va o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarayotgan har bir ayol — EMPOWER hamjamiyatining yana bir muhim yutug‘idir.

 Zilola, tabriklaymiz! “Aura Beauty”ga rivoj va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#EMPOWER #ErasmusPlus #CBHE #WomenEmpowerment #AyollarTadbirkorligi #Tadbirkorlik #SuccessStory #AuraBeauty #Buxoro #KIUT

img